Ukraina rasmiylarining aytishicha, mamlakat kriptovalyutalarni qonuniylashtirishga intilyapti. Shu fonda ushbu mablag‘larni davlat byudjetini moliyalashtirishga yo‘naltirish maqsadida raqamli aktivlardan olinadigan daromadga soliq joriy etish haqida so‘z bordi.
Ukrainaning qimmatli qog‘ozlarni tartibga soluvchi organi maslahat guruhi a’zosi Taras Kozak mahalliy OAVga bergan intervyusida soliq stavkalari hali ham muhokama qilinayotganini aytdi, biroq “fuqarolarning barcha daromadlari soliqqa tortilishi kerakligini” yana bir bor ta’kidladi.
Men 5% dan 10% gacha bo’lgan kichik soliqqa moyilman. Barcha fuqarolarning daromadlari soliqqa tortilishi kerak, chunki davlatimiz shu pul evaziga yashaydi, dedi u.
Kriptovalyutalarni tartibga solish bo’yicha qonun loyihasi hali ham ishlab chiqilmoqda. Ukraina Moliya qo‘mitasi rahbari Danilo Getmantsevning so‘zlariga ko‘ra, birinchi o‘qish mart oyining oxirida, ikkinchisi esa undan keyin tez orada o‘tkazilishi mumkin. U yozgacha to’liq qonuniylashtirishni kutmoqda, ammo Kozakning fikricha, yakuniy qaror 2026 yilgacha qabul qilinmasligi mumkin.
Ko’pgina Ukraina rasmiylari 5-10% kripto solig’ini qo’llab-quvvatlasa-da, hukumat shaxsiy daromadlar bo’yicha 18% standart stavkalarni va 5% harbiy soliqni ko’rib chiqmoqda.